20 fev 08:29
Yangiliklar
Futbol

Kulibali “Barselona”ga qarshi ilk uchrashuvni o'tkazib yuboradi
“Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali haligacha jarohatidan to'liq forig' bo'lgani yo'q.
Dekabr oyida senegallik futbolchi tizzasidan jarohat olgandi. 2020 yilda u jamoasi safida faqat bitta o'yinda maydonga tushdi.
28 yoshli futbolchi kecha jamoasi bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmadi va ertangi mashg'lotlarda ham uni umumiy guruhda ishtirok etishi so'roq ostida, deya xabar Football Italia.
SHu sabab u juma kuni “Breshiya”ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. SHuningdek, u ECHL 1/8 finalida “Barselona”ga qarshi bellashuvni ham o'tkazib yuboradi.
“Napoli”da so'nggi uchrashuvlarda markaziy himoya chizig'ida Maksimovich-Manolas juftligi harakat qilmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar