02 dek 22:04
Yangiliklar
Futbol
Kuman Isroil klubidan ketdi va murabbiylik faoliyatini yakunladi
Isroilning "Beytar" klubi ustozi Ervin Kuman (Ronaldning akasi) o'z lavozimini tark etdi.
"Ayrim shaxsiy sabablarga ko'ra hozirning o'zida to'xtamoqchiman. Bu men uchun og'ir bo'ldi, biroq yaqinda "Beytar" raisi bilan uchrashuvda unga ketishim haqida aytdim va u bu qarorimni qabul qildi. Bosh murabbiy sifatida butunlay istefoga chiqish vaqti keldi", – dedi Ervin Kuman.
60 yoshli mutaxassis 2 iyundan beri jamoani boshqarib kelayotgan edi.
Malumot o'rnida, "Beytar" kuni kecha "Bney Saxnin"ga mag'lub bo'ldi (0:2).
Havola :
Fikrlar