30 iyu 12:34
Yangiliklar
Futbol
"Tanqidlarga tupurganman". Niderlandiya murabbiyi Kuman JCHdan chiqib ketganiga keskin munosabat bildirdi
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman 2026 yilgi jahon chempionatidan chiqib ketganidan so'ng, jamoa shaniga aytilayotgan tanqidlar haqida fikr bildirdi.
O'yindan so'ng Kuman jamoaning taktik qarorlari atrofidagi muhokamalarga to'xtalib o'tdi va tashqaridan bo'layotgan tanqidlarga munosabat bildirish niyati yo'qligini takidladi.
"Butun Niderlandiya beshta himoyachi bilan o'ynashimiz kerakligini aytayotgan edi. Biz himoyada beshlik bilan o'ynadik — baribir bizni tanqid qilishdi. Yana bir bor takrorlayman: men tanqidlarga tupurganman", — dedi Kuman flesh-intervyuda.
Niderlandiya asosiy va qo'shimcha vaqtlardagi 1:1 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida Marokashga imkoniyatni boy berib (3:4), musobaqadagi ishtirokini 1/16 final bosqichida yakunladi.

Havola :
Fikrlar