28 fev 14:27
Yangiliklar
Kutilmagan xabar: "Humo" navbatdagi o'yinini Toshkentda emas, Qozog'istonda o'tkazadi
Toshkentning "Humo" jamoasi chorak final doirasida "Sariarka" bilan to'qnash kelgan. Seriyadagi to'rtta o'yindan so'ng ayni paytda hisob "Sariarka" foydasiga 1:3 ko'rinishiga kelgan.
Hozirga qadar mazkur qarama-qarshilikdagi ikkita o'yin Toshkentda, yana ikkita o'yin esa Karagandada o'tkazildi. Navbat bo'yicha beshinchi o'yin Toshkentda o'tkazilishi lozim edi.
Biroq, 1-3 mart kunlari poytaxtimizdagi "Humo Arena"da dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turniri o'tkaziladi. SHuningdek, "Humo" matbuot xizmatining malum qilishicha, texnik sabablarga ko'ra, "Alpomish" ham o'yinlarni qabul qila olmaydi.
SHu sababli, uchrashuv 1 mart kuni Astana shahrida o'tkaziladi. O'sha kungi o'yin uchun xarid qilingan chiptalar puli esa qaytib beriladi.
Eslatib o'tamiz, seriyada o'yinlar 4 ta g'alabagacha o'tkaziladi.
Fikrlar