28 dek 07:40
Yangiliklar
SHaxmat
Kutilmagan xabar: Magnus Karlsen g'alati sabab bilan jahon chempionatida qatnashishdan bosh tortdi
Nyu-Yorkda shaxmatning rapid va blic yo'nalishlarida jahon chempionati boshlandi.
Musobaqalarning ikkinchi kunida kutilmagan voqelik ro'y berdi.
Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen kiyinish qoidalarini buzgani uchun hakam tomonidan ogohlantirilgan. Bosh hakam tomonidan djinsi matodagi kiyimini almashtirish so'ralgan. Ammo Magnus buni istamagan va norozilik sifatida jahon chempionatidagi ishtirokini davom ettirmasligini malum qilgan.
"Men kiyimni ertaga almashtirishimni aytdim, lekin ular hoziroq almashtirishimni so'rashdi.
Men blicda ham o'ynamayman. FIDE'dan charchadim va ular bilan boshqa ishlamoqchi emasman. Tomoshabinlarning barchasidan uzr so'rayman, balki bu noto'g'ri ishdir", - dedi Magnus Karlsen.
Havola :
Fikrlar