13 okt 23:14
Yangiliklar
Futbol

Kutilmagan xabar: "Manchester Yunayted" Romeroni ECHLda ro'yxatdan o'tkazmadi
"Manchester Yunayted" posboni Serxio Romero transferlar oynasining so'nggi kunida "Everton"ga o'tishi mumkin edi.
"The Athletic" xabariga ko'ra, o'shanda "irislar" posbonning ijarasiga 2 mln evro taklif qilgan, biroq mankunianliklar bunga rad javobini bergan. Qiziq tomoni shundaki, "qizil iblislar" 33 yoshli darvozabonni ECHLda ro'yxatdan o'tkazmagan. Bu esa rahbariyat va kiperning o'rtasidagi munosabatlarga yomon tasir qilgan. O'z navbatida rahbarlar ham bu borada Romero bilan gaplashib olmagan.
Aytilishicha, "Manchester Yunayted" darvozabonni 8 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Havola :
Manba : The Athletic
Fikrlar