10 iyu 17:09
Yangiliklar
Kutilmagan xabar: Osiyo o'yinlari sovrindori faoliyatini yakunlamoqchi
Malum bo'lishicha, 26 yoshli sportchi O'zbekiston engil atletika federaciyasi sabab shunday qarorga kelgan. Tojikistonda tavallud topgan Suhrob 9 yildan buyon yurtimiz sharafini himoya qilib keladi. Biroq, so'nggi paytlarda engil atletika federaciyasi sportchi bilan shartnoma shartlarini bajarmayapti. Bundan tashqari, nafaqat licenziya, balki Olimpiya o'yinlari medalini qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan sportchimizga tayyorgarlik uchun munosib sharoit yaratib berilmagan.
Malumot uchun, Suhrob ikki marotaba Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sharafini himoya qilgan. O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida kumush, yoshlar o'rtasidagi jahon birinchiligida bronza medaliga sazovor bo'lgan.
Osiyo o'yinlari va Osiyo chempionati sovrindori engil atletikaning bosqon uloqtirish yo'nalishida salohiyati yuqori bo'lgan sportchilardan biri hisoblanadi. Tokio Olimpiadasiga bir yil vaqt qolganida bunday tushunmovchiliklarning yuzaga kelishi afsuski yaxshi emas.
Fikrlar