15 mar 15:07
Yangiliklar

Kutilmagan yangilik! UFC'ning o'rta vazn yulduzi navbatdagi janggiga tayyorgarlikni Rossiyada olib bormoqchi
O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempionligiga davogar, Marvin Vettori Robert Uittakerga qarshi jangga tayyorgarlik ko'rish uchun Rossiyaga yo'l oldi.
Bu haqda italiyalik menejer Ali Abdel-Aziz malum qildi.
"UFC bo'lajak chempioni Marvin Vettori Robert Uittakerga qarshi jang qiladi. Uni reytingdan chiqarib tashlaydi. Marvin Vettoridan ko'ra g'ayratli va tirishqoq odamni hech qachon uchratmaganman. Ruhiy jihatdan uni mag'lub etib bo'lmaydi. U Dog'istonda mashq qilmoqchi" - dedi Abdel-Aziz.
Eslatib o'tamiz, o'rta vazn toifasida Robert Uittaker va Marvin Vettori o'rtasidagi jang 11 iyun kuni Singapurdagi UFC 275 turnirida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar