12 fev 16:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Terens Krouford boksdagi eng sevimli uchta jangini aytdi
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik Terens Krouford tarixdagi eng buyuk va tomoshabop janglar uchligini elon qildi.
"Men Tommi Xirnsning Marvin Xaglerga qarshi jangini, Kastilo - Korrales o'rtasidagi birinchi jangni, shuningdek, Marko Antonio Barrera va Erik Morales o'rtasidagi qarama-qarshilikni aytgan bo'lardim", - dedi Krouford Edin Rossning podkastida.
Eslatib o'tamiz, Terens Krouford kuni kecha The Ring jurnali tomonidan 2025 yilning eng yaxshi bokschisi deb topilgan edi. Sentyabr oyida u hakamlarning yakdil qarori bilan meksikalik Saul Alvaresni mag'lubiyatga uchratgan va dekabr oyida sportdagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Terens professional ringda birorta ham mag'lubiyat va durang qayd etmagan.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar