14 dek 10:50
Yangiliklar

La Liga. 17-turning ilk uchrashuvida durang qayd etildi
Unda “Alaves” jamoasi o'z uyida “Leganes”ni qabul qildi. Uchrashuvda hisobni mehmonlar 43-daqiqada Martin Breytueytning goli evaziga ochgan bo'lsa, mezbonlar hujumchisi Xoselu 81-daqiqada muvozanatni tikladi. Hisob o'yin so'ngiga qadar o'zgarmay qoldi.
Ushbu natijadan so'ng “Alaves”ning ochkolari soni 19 taga etdi va jamoa musobaqa jadvalida 15-o'rindan joy oldi. “Leganes” esa 10 ochko bilan 19-pog'onada bormoqda.
“Alaves” – “Leganes” 1:1
Gollar: 0:1 – 43 Breytueyt, 1:1 – 81 Xoselu.
Alaves – Pacheko, Ximo Navarro, Duarte, Agirregabiria (Rioxa, 71), Eli, Pere Pons, Aleish Vidal (Magalyan, 88), Berk (Sayns, 77), Manu Garsiya, Xoselu, Lukas Peres.
Leganes – Kuelyar, Rodriges, Silva, Bustinsa, Omeruo, Mesa (Eraso, 77), Oskar Rodriges (Rivera, 58), Ruben Peres, Avazem, Breytueyt, En-Nesiri.
Ogohlantirishlar: Eli (2), En-Nesiri (8), Xoselu (42), Omeruo (61), Silva (72).
Fikrlar