17 dek 23:15
Yangiliklar
Futbol

La Liga. O'tgan mavsumning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Bu mukofot "Xetafe" klubi murabbiyiga nasib qildi.
"Marca" nashri xabariga ko'ra, "Xetafe" ustozi Xose Bordalas Ispaniya chempionati 2018/19 yilgi mavsumining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. O'tgan mavsum yakunida 55 yoshli mutaxassis "ko'klar" bilan musobaqa jadvalining 5-pog'onasidan o'rin egallagandi (4-o'rindagi "Valensiya" bilan 2 ochkolik tafovvut). Davom etayotgan mavsmda esa "Xetafe" Evropa Ligasi guruh bosqichini muvaffaqiyat bilan yakunlab, pley-offga yo'l oldi. Jamoa Ispaniya chempionatining yakunlangan 17 turidan keyin 4-o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Bordalas "Xetafe" boshqaruvini 2016 yilda qabul qilib olgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar