16 iyu 08:51
Yangiliklar
Futbol

La Liga. “Sevilya” tayyor g'alabadan mahrum bo'ldi
La Liga 29-turi doirasida “Sevilya” klubi safarda “Levante” bilan durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 46-daqiqasida Lyuk de Yong kiritgan gol bellashuv tugashigacha yagonaligini saqlab turgandi. Ammo 87-daqiqada Diego Karlosning avtogolidan keyin mehmonlar uch ochkodan mahrum bo'lib, uyga ochkolarni bo'lishib qaytadigan bo'lishdi.
“Sevilya” ayni paytda 51 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog'onasida borayotgan bo'lsa, “Levante” 35 ochko bilan 12-pog'onani band etgan.
Havola :
Fikrlar