25 mar 15:58
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				
				
			
				La Liga yulduzi APL grandlari qiziqishiga qaramay, "Real"ga o'tmoqchi
"Jirona" himoyachisi Migel Guterres "Arsenal", "CHelsi"va "Manchester Yunayted" qiziqishlariga qaramasdan, sobiq jamoasi "Real"ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
			22 yoshli Guterres joriy mavsumda "Jirona"ning etakchi o'yinchilaridan biri bo'lib, 32 o'yinda 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachi 2022 yilda "Jirona"ga o'tgan, tovon puli 8 million evroga teng. "Relevo" xodimi Xorxe Pikon fikriga ko'ra, Guterresning "Los-Blankos"ga qaytish ehtimoli yuqori.
"Real"da ikki nafar chap qanot himoyachisi – Ferlan Mendi va Fran Garsiya bo'lsa-da, yozda uchinchi himoyachi ham paydo bo'lishi mumkin.
SHuni takidlash kerakki, Guterres yaqinda yopilgan transfer oynasida "CHelsi", "Manchester Yunayted" va "Bavariya"ga o'tishdan bosh tortgan edi.
            Havola            :         
                    Manba                : Relevo
            
			
Fikrlar