01 fev 12:33
Yangiliklar
Tennis

Ladies Trophy. Aleksandrova 1/4 finalda!
Xabar berganimizdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 78-raketkasi, rossiyalik Ekaterina Aleksandrova ikkinchi davra uchrashuvida chexiyalik Tereza Martincovaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda Katya reytingning 181-pog'onasidan joy olgan raqibasini 7/5, 6/2 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar