31 jan 08:19
Yangiliklar
Tennis

Ladies Trophy. Donna Vekich 1/4 finalda!
Xabar berganimizdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Xorvatiyalik tennischi Donna Vekich chorak final chiptasini qo'lga kiritdi. U ikkinchi davrada rossiyalik Veronika Kudermetovadan 6/4, 6/3 hisobida ustun keldi. Uchrashuv 1 soatu 15 daqiqa davom etdi.
Endi dunyoning 30-raketkasi bo'lib turgan 22 yoshli Donna St.Petersburg Ladies Trophy turnirining chorak finalida chexiyalik Petra Kvitovaga qarshi kortga chiqadi. Petra musobaqaning amaldagi g'olibasi hisoblanadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar