05 may 15:36
Yangiliklar
Langarcho'pga tayanib sakrash bo'yicha dunyoning eng kuchli 3 sportchisi o'zaro bellashdi
Bu musobaqa “Ultimate Garden Clash-Pole Vault Edition” deb ataldi.
Musobaqaning birinchi turi durang natija bilan tugadi. SHveciyalik jahon rekordchisi Mondo Dyuplantis va 2012 yilgi Olimpiada chempioni franciyalik Reno Lavileni onlayn bellashuvda ikki karra jahon chempioni amerikalik Sem Kendriksni bir xil natija bilan ortda qoldirishdi.
Langarcho'p bilan balandlikka sakrash bo'yicha uch sportchi tomonidan tayyorlangan ushbu musobaqa o'ziga xos poygani eslatardi. Bunda 30 daqiqa mobaynida kim 5 metrga eng ko'p sakray olishini ko'rish mumkin edi. Bunda ushbu musobaqa sportchilar uyining hovlisida, xavfsiz va qulay sharoitda o'tkazildi.
Musobaqada ancha vaqt Dyuplantis peshqadamlik qildi, ammo Lavileni belgilangan vaqt tugashiga qadar hisobni tenglashtira oldi. Ushbu ikki sportchi 30 daqiqada 5 metr balandlikdan 36 marta sakrab o'tishga ulgurdilar. Kendriks esa ana shu vaqt ichida atigi 26 ta muvaffaqiyatli sakrashni amalga oshira oldi.
Fikrlar