13 iyu 10:25
Yangiliklar
Futbol

Laporta Messi bilan shartnomani uzaytirish ishlari yaxshi ketayotganini tasdiqladi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta hujumchi Leo Messining kelajagi borasida fikr bildirdi.
Argentinalik futbolchi 30 iyundan buyon erkin agent maqomini olgan. "Barselona" esa futbolchining maoshi borasida bir qarorga kela olmayotgani uchun uni ro'yxatdan o'tkaza olmayapti.
"Messi bilan shartnomani uzaytirish ishlari yaxshi davom etmoqda", dedi klub prezidenti.
Oldinroq Amerika Kubogidan keyin Leo Messi "Barselona" ixtiyoriga qaytib, klubi bilan kelishuvni uzaytirishi aytilgandi.
Havola :
Manba : Goal.com
Fikrlar