03 apr 14:22
Yangiliklar
"Barselona" prezidenti Flikning klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi
"Mavsum oxirida buni xotirjam muhokama qilamiz. Unga bunga shoshilishning hojati yo'q. U o'ziga nisbatan juda halol va o'ta professional. Men uning shartnomasini uzaytirishga loyiq, deb o'ylayman, lekin u avval mavsum yakunlari bo'yicha vaziyatni baholab, keyin qaror qabul qilishni afzal ko'rmoqda. Agar yana bir yil qo'shsak, bu uning uchun allaqachon kafolatlangan bo'ladi. Menga shunday tuyulyaptiki, u uzoq muddatli shartnoma bo'lsa, kimdadir bo'shashish hissi paydo bo'lishi mumkin, deb hisoblaydi", — deya fikr bildirdi Kataloniya klubi prezidenti.
Hozirda "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalini 73 ochko bilan boshqarmoqda. Flik katalon klubini 2024 yildan beri boshqarmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan.

Fikrlar