04 iyu 12:37
Yangiliklar
Futbol
Lautaro Martines faoliyatini "Inter"da davom ettirishini tasdiqladi
"Inter" forvardi Lautaro Martines ushbu yozda jamoadan ketmasligini tasdiqladi.
"Mavsum boshlanishiga bir oydan ko'proq vaqt qoldi", — deb yozdi "Inter" postlaridan birida.
"Startga biroz vaqt qoldi. Yana bir yil birga", — deb izoh qoldirdi Martines unga.
Martinesning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt hujumchini 70 million evroga baholamoqda.
Martines o'tgan mavsum "Inter" safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar