25 jan 09:59
Yangiliklar
Futbol
Legionerlar O'zbekiston MTJ ixtiyoriga kelib qo'shildi. Bir futbolchimiz esa jarohat tufayli yig'inni tark etdi
Xabaringiz bor, OFK kalendariga muvofiq, 24 yanvardan Osiyoda terma jamoalar uchun FIFA kunlari boshlandi.
Xususan, o'zbekistonlik legioner futbolchilar ham terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shilmoqda. Bugun Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Otabek SHukurov, Aziz G'aniev, Jaloliddin Masharipov, SHahboz Umarov va Eldor SHomurodov milliy terma jamoa safidan joy oldi.
SHuningdek, Abror Ismoilov tizzasidan olgan engil jarohati sabab, shifokorlar tavsiyasiga ko'ra muddatidan oldin terma jamoa yig'inini tark etdi.
Havola :
Manba : ЎФА матбуот хизмати
Fikrlar