25 jan 16:00
Yangiliklar
Futbol

Lempard tez orada istefoga chiqariladi, yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi malum
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard tez orada istefoga chiqariladi.
London klubi angliyalik mutaxassisning istefosini bugunoq elon qilishi mumkin. "Ko'klar" futbolchilaridan kunning yarmiga qadar bazaga kelmaslik so'raldi.
"CHelsi" kecha Angliya Kubogi 4-bosqich doirasida "Luton"ni mag'lubiyatga uchratdi va 1/8 finalga yo'l oldi.
Londonliklar APL doirasidagi so'nggi beshta o'yinning bittasida g'alaba qozondi va 19 turdan so'ng 29 ochko jamg'argan holda jadvalda 9-o'rinda bormoqda.
"CHelsi"ning yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel bo'ladi. O'tgan yilning dekabrida PSJdan ketgan Tuxelni jamoaga taklif qilishga "ko'klar" xo'jayini Roman Abramovich qiziqish bildirmoqda.
Havola :
Manba : theathletic.com
Fikrlar