23 apr 14:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Lennoks Lyuis bugungi Fyuri - Uayt jangi haqida fikr bildirdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis Tayson Fyuri va Dillian Uayt o'rtasidagi jang haqida fikrlarini bildirdi.
"O'ylaymanki, ular birinchi raundda bir-birlarini o'rganishadi. Taysonni tutib olish qiyin bo'ladi, u boshini qimirlatishda davom etadi.
Uayt uni nokaut qilishga urinadi. Lekin, bu oson emas. CHunki raqib 210 santimetrga ega yigit. Bunday bo'yli sparring-raqib topish qiyin. Menda ham shunday muammo bo'lgandi.
Dillian nima qilishi kerakligini bilib olishi uchun 2-3 raund kerak bo'ladi. Jang masofada o'tsa kerak deb o'ylayapman", - dedi Lyuis.
Jang bugun Londonda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Boxing Social
Fikrlar