26 apr 17:02
Yangiliklar

Lennoks Lyuis: "Fyuri mutlaq chempion bo'lishni xohlashiga ishonaman"
"Fyuri faoliyatining cho'qqisida, u og'ir vaznda dunyodagi eng zo'r bokschi. Uni hech narsa to'xtata olmaydi.
U dam olib qaytadi. Fyuri faoliyatini yakunlasa, uni tushunaman, lekin umid qilamanki, u qaytadi. U ketadi deb o'ylamayman. Menimcha, Fyuri ringga qaytadi, u mutlaq chempion bo'lishni xohlashiga ishonaman.
Fyuri meni doim hayratda qoldirgan. Tayson uchun bu zo'r jang bo'ldi. Dillian Uayt uni nima kutayotganini ham bilmasdi. Bu juda zo'r apperkot edi.
Uaytning chap qo'l "stoyka"si Fyuriga tasir qiladi, deb o'ylamagandim. Dillian qaddini rostlaganda, Fyuri bir joydan boshqasiga o'tib yurardi. Bu Uaytning apperkot uchun ochilishiga olib keldi. U Taysonning jeblarini yo'qqa chiqarishga harakat qildi. Fyuri buni tez tushundi va zarbalarini apperkotga o'zgartardi", - dedi Lyuis.
Fikrlar