30 iyu 08:50
Yangiliklar
Futbol

“Lester” 18 yoshli Raul Uche bilan shartnoma imzoladi
Ispaniyaning “Rayo Valekano” klubi hujumchisi Raul Uche faoliyatini “Lester” jamoasida davom ettiradigan bo'ldi.
Ispaniyalik 18 yoshli iqtidor egasi Angliya chempionlari bilan 4 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Kelishuv 1 iyuldan kuchga kiradi.
Uche transferining detallari oshkor qilinmayapti. Raul yangi mavsumga tayyorgarlikni “Lester” akademiyasida boshlaydi.
Havola :
Fikrlar