15 iyu 18:06
Yangiliklar
Futbol

“Lester” Maxrezga yangi shartnoma taklif qildi
Angliya chempioni “Lester” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Riyad Maxrezga yangi shartnoma taklif qildi.
“Lester” rahbariyati bor imkoniyatni ishga solib, yarim himoyachini jamoada saqlab qolishga urinmoqda. Maxrez o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Agar Riyad yangi kelishuvga rozi bo'lsa, haftasiga 100 000 funt sterling miqdorida maosh oladi. Maxrez o'zining 17ta goli bilan “Lester”ning chempion bo'lishiga katta xissa qo'shgandi.
Eslatib o'tamiz, Jazoir terma jamoasi yarim himoyachisi 400 000 funt sterling evaziga Franciyaning “Gavr” klubidan harid qilingandi. Futbolchiga “Barselona”, “Manchester Yunayted” va PSJ klublari qiziqish bildirmoqda.
Havola :
Fikrlar