20 iyu 10:45
Yangiliklar
Futbol

“Lester” sardori Angliya chempionlari bilan shartnomani uzaytirdi
Angliyaning “Lester” klubi rahbariyati jamoa sardori Ues Morgan bilan kelishuv uzaytirilganini malum qildi.
Endi 32 yoshli himoyachining Angliya chempionlari bilan shartnomasi 2019 yilgacha amal qiladi. O'tgan mavsumda Morgan chempionatning barcha 38ta o'yinida to'liq o'ynagandi.
Eslatib o'tamiz, Morgan “Lester” safida 2012 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Hozirgacha u klub safida 196ta o'yinda maydonga tushgan.
Havola :
Fikrlar