So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

10 apr 18:51
Yangiliklar

SHaxmat

Levon Aronyan: “Javohir Sindarovga xohlaganini qilishiga yo'l qo'yib berishyapti”

Nomzodlar turnirida to'rt bor (2011, 2014, 2016 va 2018 yillarda) ishtirok etgan Levon Aronyan Javohir Sindarovning hozirgi o'yini haqida o'z fikrini bildirdi.

— Turnir biz kutgandek qiziqarli kechmayapti. Go'yo boshqa o'yinchilar asta-sekin taslim bo'lib, Sindarovga xohlaganicha o'ynashga imkon berayotgandek.

Aronyan Sindarovning kuchli tomonlarini ham alohida takidladi:

— U juda taktik, juda topqir o'yinchi. Eng muhimi  psixologik jihatdan juda barqaror. Agar unga o'ziga qulay poziciyalar berilsa, u ortga qaramaydi va ishonch bilan o'ynaydi.

U variantlarni qayta-qayta tekshirib o'tirmaydi, o'ziga ishonadi. Bu esa o'yinida yaqqol sezilib turadi.

SHuningdek, u Sindarovning shaxsiy fazilatlari haqida ham gapirdi:

— U juda samimiy va yoqimli inson. Istedodi esa hammaga ayon. Agar men amerikalik o'yinchilar uchun muxlislik qilmaganimda, albatta unga muxlislik qilgan bo'lardim.

Aronyan turnir oldidan Sindarovni yuqori baholaganini ham aytdi:

— Men uni "yashirin favorit" deb hisoblaganman. Asosiy favorit sifatida esa Fabiano Karuanani ko'rganman va hanuz shunday o'ylayman. Lekin bazan bitta mag'lubiyat hammasini o'zgartirib yuboradi.

Malumot uchun, Nomzodlar turnirida bugun dam olish kuni. Bahslar ertaga bizning vaqt bilan soat 17:45'da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing