So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

22 sen 10:10
Yangiliklar

Tennis

"Leyver Kubogi" tashkilotchilari Federer uchun qoidalarni o'zgartirishdi

Teglar :  Rojer Federer
SHveycariyalik Rojer Federer "Leyver Kubogi" tashkilotchilariga musobaqa qoidalarini o'zgartirish iltimosi bilan murojaat qildi.

Reglamentga ko'ra, musobaqaning dastlabki ikki kunida har bir jamoa azosi bittadan yakkalik va juftlik bahsida ishtirok etishi shart. Biroq faoliyatini yakunlayotgan Federer faqat juftlik uchrashuvida chiqish qilishga ruxsat berishlarini so'radi. Tashkilotchilar va jamoalarning sardorlari buni qabul qilishdi. Endi yakkalik bahslarida uning o'rnini italiyalik Matteo Berrettini egallaydi.

"Hozir men so'nggi o'yinimga tayyorgarlik ko'ryapman. Bu juda hayajonli, chunki uzoq vaqtdan beri o'ynamaganman. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo'ladi.

Albatta, Nadal bilan tandemda o'ynashni istardim, bu o'ziga xos o'zgacha bo'lardi. Raqobatimiz davomida biz doimo bir-birimizni hurmat qildik va ajoyib munosabatlarni saqlab qoldik. Bu barcha tennischilar uchun ajoyib xabar bo'lardi. SHuning uchun u bilan o'ynash ajoyib bo'ladi deb o'ylayman", - deya Federerning so'zlarini keltiradi turnir rasmiy sayti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing