23 okt 17:32
Yangiliklar

Liliya SHakirova UFC uchun katta intervyu berdi + TO'LIQ MATN
- Sizning bunday katta kechada, asosiy kardda jang qilishingizdan qanday emociyalarni tuyyapsiz?
- Bilasizmi, hozir men hursandchilik, shok va shunga o'xshash tuyg'ularni baravariga tuyyapman. Sababi, bu kutilmagan taklif bo'ldi. Boshlanishiga asosiy kard...
- Siz shunchaki raqamli turnirda emas, asosiy kardda jang qilayotganingiz bu emociyalaringizga nimadir qo'shyaptimi?
- Albatta, men doim UFCda jang qilishni orzu qilardim. Ammo menga asosiy kardda jang qilish umuman kutilmagan voqea bo'ldi.
- UFCga o'tish rejalaringizda bormidi? Muzokaralar degandek. Yoki bularni barchasi kutilmaganda sodir bo'ldimi?
- Ha, albatta UFCga o'tish rejamda bor edi. Biz muzokaralar olib borayotgandik. Hisob kitoblarimizga ko'ra noyabr-dekabr oylarida bu amalga oshishi kerak edi. Ammo barchasi bunchalik tez yuz berishini kutmagandik, shu sababli hamma tayyorgarlikni ko'rishga etarli vaqt bo'lgani yo'q.
- Siz kutilmaganda jangga rozilik berdingiz. Bu jangda maqsadingiz qanday bo'ladi? "Bo'lganicha bo'lar" qabilidami, yoki aniq maqsadlarni o'z oldingizga qo'yganmisiz?
- Yo'q, albatta men bu erga g'alaba uchun kelganman. Asosiy kardda g'alaba qozonish menga juda muhim.
- Raqibingizni faoliyatidan xabaringiz bormi, umuman bu haqida nima deya olasiz?
- Albatta, bu diviziondagi hamma qizlarni faoliyatini kuzatib boraman, chunki ular mening bo'lajak raqiblarim. Lauren Myorfiga kelsak, ha uning bir necha janglarini ko'rdim. Men unga qarshi nima qilish, qanday ishlash kerakligini va uning texnikasi qandayligini bilib oldim.
- Sizning janglaringizni endi ko'rib turgan insonlarga nimani kafolat bera olasiz, ular sizdan nima kutishligi kerak?
- Albatta g'alaba kutishlari kerak, boshqa nima ham bo'lishi mumkin?! (kulib qo'yadi). Jang oson bo'lmasligi aniq, sababi raqibim tajribali, yosh ham emas, jismonan baquvvat sportchi. O'rtamizda katta jang kechadi, shunga qaramay men g'alaba qozonishimga ishonaman.
- Myorfi ustidan g'alaba sizga nima olib keladi deb o'ylaysiz?
- Birinchidan bu tarixiy voqea bo'ladi. Men UFC tarixidagi o'zbekistonlik birinchi ayol jangchiman. Agar men asosiy kardda g'alaba qozonsam katta tarix yarataman. Bu qandaydir turnirdagi oddiy debyut emas, bu asosiy karddagi jang.
- Biz O'zbekistonlik jangchilar haqida uncha ko'p malumotga ega emasmiz. MMA O'zbekistonda qanday rivojlanmoqda?
- O'zbekistonda MMA juda tez suratlarda rivojlanib bormoqda. O'tgan yili MMA rasman ruhsat berildi. SHu bilan birga, Otabek Umarov, prezident SHavkat Mirziyoev ham bu sport rivojlanishida katta rol o'ynashmoqda. Xabib Nurmagomedovni ham shu o'rinda takidlab o'tish kerak. Xabib ham bizning davlatda MMA rivojiga ulkan hissa qo'shmoqda.
- Xabib sizlarga begona emas ekan. Bu kardning asosiy eventida Xabibning jang qilishi ham bu turnirga o'zbekistonliklarning qiziqishini orttirdimi?
- Albatta, O'zbekistonda Xabibning millionlab muxlislari bor. Meni Xabib bilan bitta kardda jang qilishim ham juda hursand qilmoqda.
- Xabibning jamoasi O'zbekistonda bu sportni rivojlanishiga qanday hissa qo'shayotganini ayta olasizmi?
- Xabib va uning jamoasi O'zbekistonga tez-tez tashrif buyurib turishadi. Uning jamoasi mahalliy sportchilar bilan UFC va shunga o'xshash tashkilotlarni bog'lovchi ko'prik bo'lib hizmat qiladi. Meni UFCga kelishim ham Xabibning jamoasiga bevosita bog'liq.
- Bu diviziondagi chempion Valentina SHevchenko haqida fikringiz?
- Ha, u chempion. Mening eng katta maqsadim ham SHevchenko. Men u bilan titul uchun jang qilishni xohlayman.
- Sizga bu shu jang taklifi bilan qo'ng'iroq qilishganda nima bilan mashg'ul edingiz?
- Eng kulgilisi, men uxlab yotgandim. Menga avvaliga aynan shu jangligi haqida aytishmagandi, shunchaki sen almashishga rozimisan deyishdi. Men formada edim, va ha deb javob berdim. Menga 10 daqiqadan so'ng qo'ng'iroq qilishligini aytishdi. Qiziqib internetga kirdim va o'zim haqidagi xabarga ko'zim tushdi, skrinshot qilib menga qo'ng'iroq qilgan insonga jo'natdim. "-SHu rostmi?"-deb so'radim. U inson -Ha,-dedi. Men o'ylab o'tirmasdan rozi bo'ldim. Raqib kimligiga ham qiziqib o'tirmadim.
- Xabib sizga qandaydir maslahatlar berdimi?
- Yo'q, u juda band. Xabib hozir Getji bilan jangga tayyorgarlik ko'rayapti. Biz bir-birimizga halal bermaslikga harakat qilyapmiz.
- O'zbekistonlik birinchi UFC jangchisi Mahmud Muradov sizga qandaydir maslahatlar berdimi, u sizga xabarlar yozdimi? Umuman Mahmud sizni qandaydir usul bilan qo'llayaptimi?
- Ha men Mahmud Murodovdan ham Zarrux Adashevdan ham iliq fikrlar oldim. Ular oldindan mening maqsadim UFC ekanligini bilishar edi. Umuman olganda butun O'zbekiston menga muxlislik qilmoqda. Ular meni g'alaba qozonishimni bilishadi(kulib qo'yadi).
- Qanday qilib bu sportga qiziqib qolgansiz? Qandaydir kumirlaringiz bo'lganmi?
- Men aslida erkin kurashchiman. Yoshligimdan UFC musobaqalarini ko'rib boraman. Lekin menda unda ishtirok etish fikri bo'lmagan. Mening asosiy maqsadim erkin kurash bo'yicha olimpiadada qatnashish edi. Ammo, hammaga malumki, faoliyatimda kichik janjalli vaziyat yuzaga kelgan va meni olimpiada arafasida ikki yilga diskvalifikaciya qilishgan. Keyinchalik mening do'stim MMA uchun ayol kurashchi topib berishimni so'ragan. Men esa o'zimni taklif qilganman, shundan so'ng MMAda jang qildim va bu menga yoqti. SHu tariqa faoliyatimni MMAda davom etdirdim.
- O'sha janjalli vaziyat haqida to'liqroq gapira olasizmi?
- O'sha vaziyatda raqibim quyushqondan chiqaruvchi harakatlar qilgandi. Umuman olganda, kurash musobaqalarida muntazam g'alaba qiluvchi jangchilarga qarshi shunday vaziyatlar ko'p bo'ladi. Men o'sha vaziyatda o'zimni ushlab turolmaganman va mushtlashuv boshlangan. Bir o'zim butun jamoaga qarshi jang qilganman. Necha kishi bilan jang qilganim esimda yo'q. Faqatgina do'stimning meni olomon ichidan tortib olgani esimda holos. Umuman men ko'cha janglari ko'p bo'ladigan tumanda tug'ilganman. SHu sababli o'zimni himoya qilish uchun boks bilan ham ozgina shug'ullanganman.
Fikrlar