16 may 16:15
Yangiliklar
Futbol

Lingard bu natijani qayd etgan ikkinchi futbolchi!
"Vest Xem" tarkibida ijara asosida o'ynayotgan "Manchester Yunayted" futbolchisi Jessi Lingard APLda aprel oyining eng yaxshi futbolchisi va eng chiroyli goli muallifiga aylandi.
SHu orqali Jessi ligada bir oyda ushbu ikki sovrinni qo'lga kiritgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bunga qadar "Manchester Yunayted" futbolchisi Brunu Fernandesh 2020 yilning iyun oyida ushbu sovrinni qo'lga kiritgandi.
Lingard ushbu mavsum "Vest Xem" tarkibida 14 o'yinda 9 gol va 3 assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar