06 apr 18:18
Yangiliklar
Futbol

Lingard "Manchester Yunayted"da qoladimi?
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard manchesterliklar tarkibida qolishga qaror qildi.
Bundan oldinroq "Arsenal"ning Jessiga qiziqayotganligi to'g'risida xabarlar yangragan edi, ammo Lingard London klubiga o'tishga qiziqmayapti.
Angliya terma jamoasi futbolchisi "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibida o'ynash uchun kurashishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Lingardga oldinroq "Roma" va Madridning "Atletiko" klublari qiziqayotganligi haqida xabar berilgan edi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar