13 apr 10:26
Yangiliklar
Futbol

“Lion” 36 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etmoqda
“SHerlar” kecha Liga 1 ning 32-turida “Nant”ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Joriy mavsum “Lion” 47 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 22 ta g'alaba, 14 ta durang va 11 ta mag'lubiyat qayd etib turibdi. To'plar nisbat esa 81-65. Bruno Jenezio shogirdlari bitta o'yinda 1,38 tadan gol o'tkazmoqda.
Bu esa 1982/83 yilgi mavsumdan (1,98) keyingi eng yomon ko'rsatkich bo'lib turibdi. Ayni damda jamoa milliy chempionatda 56 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Fikrlar