28 may 14:40
Yangiliklar
Tennis
Lion (ATP): Tsonga bosh mukofotni Franciyada olib qoldi
Franciyaning Lion shahrida o'tkazilgan tennis turniri mezbonlar vakili Jo-Vilfrid Tsonganing g'alabasi bilan yakunlandi.
Etiborlisi, Tsonga faoliyatida ilk bor grunt qoplamali turnirda bosh mukofot sohibiga aylandi. Jo hal qiluvchi final uchrashuvida chexiyalik Tomash Berdixni mag'lub etdi.
Bir soatu 47 daqiqa davom etgan final bahsida franciyalik tennischi 7:6(2), 7:5 hisobida zafar quchdi. Amalga oshirilgan 13 ta eys zarbalari Tsongani chempionga aylantirdi.
Havola :
Fikrlar