10 dek 08:51
Yangiliklar
Futbol
Livakovich Jahon chempionati rekordini o'rnatdi
Xorvatiya darvozaboni Dominik Livakovich Jahon chempionati rekordini o'rnatdi.
Livakovich Braziliyaga qarshi uchrashuvda 11 ta seyv qayd etdi va jahon chempionatlari tarixidagi bir uchrashuvdagi seyvlar soni bo'yicha rekord o'rnatdi. Bundan tashqari, Livakovich penaltilar seriyasida bitta zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi va Horvatiyani yarim finalga olib chiqdi.
Bundan oldingi rekord 2014 yilda AQSH terma jamoasi darvozaboni Tim Hovardga tegishli edi. Dominik Livakovich Horvatiya terma jamoasida 2017 yilda debyut qilgan va xozirgi kungacha 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
Havola :
Fikrlar