01 fev 10:41
Yangiliklar
Futbol

"Liverpul" CHempionshipdagi himoyachi bilan shartnoma imzolaydi
"Liverpul" "Preston" himoyachisi Ben Devisning transferi borasida kelishuvga erishdi.
"Qizillar" 25 yoshli markaziy himoyachi uchun 2 million funt to'lashadi. Bitim bugun tuziladi.
Devis "Preston" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Klopp jamoasining himoya chizig'ida muammolar bor, aniqrog'i deyarli barcha markaziy himoyachilar jarohat olishgan.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar