12 dek 11:21
Yangiliklar
Futbol
"Liverpul" Klopp qo'l ostida APLda 501 ochko jamg'ardi
"Liverpul" APLning 16-turida "Aston Villa"ga qarshi o'yinda 1:0 hisobida g'alabaga erishdi.
SHu orqali mersisaydliklar Yurgen Klopp qo'l ostida APLdagi 501-ochkoni qo'lga kiritdilar. Bu liga tarixida bir murabbiy qo'l ostidagi 4-natija hisoblanadi. Germaniyalik mutaxassis 2015 yildan buyon jamoada ishlab kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 2019/20 yilgi mavsumda chempionlikni qo'lga kiritdi.
Bu boradagi rekord "Manchester Yunayted"ning afsonaviy murabbiyi Aleks Fergyusonga tegishli - 1752 ochko. SHuningdek, kuchli uchlikdan Arsen Venger ("Arsenal", 1627) va Devid Moyes ("Everton", 642) ham o'rin olgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar