08 jan 18:25
Yangiliklar
Futbol
"Liverpul" Origini saqlab qolishga qaror qildi
"Liverpul" belgiyalik hujumchi Divok Origi bilan joriy transfer oynasida xayrlashishni xohlamayapti.
Mersisaydliklar forvardni saqlab qolishmoqchi, bunga sabab klub uzoq vaqtga ikki bosh hujumchisidan ayrildi. Muhammad Salah va Sadio Mane Kamerunda o'tadigan Afrika Millatlar Kubogiga yo'l olishdi.
Oldinroq Origiga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirayotgani aytilgan edi, ammo "Liverpul" aniq taklif olmadi.
Divok joriy mavsum APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : The Athletic
Fikrlar