09 fev 17:43
Yangiliklar
Futbol

"Liverpul" "Real" ko'z tikkan o'yinchini ilib ketishi mumkin
"Jirona" himoyachisi Migel Guterres La Ligadan APLga yo'l olishi mumkin.
23 yoshli himoyachining transferiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. APL etakchisi ispanni mavsum so'nggida xarid qilishga urinadi. Bitimning ehtimoliy narxi 35 million evroga baholanmoqda. Guterresning "Jirona" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Unga "Real" jiddiy tarzda qiziqmoqda. Migel joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 20 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar