06 apr 08:18
Yangiliklar

"Liverpul" safarda irodali g'alabaga erishdi, Salah nihoyat gol urdi
Uchrashuvda dastlab mezbonlar hujumchisi SHeyn Long hisobni ochdi. Ammo, chempionlik uchun jiddiy kurashayotgan Yurgen Klopp shogirdlari o'zlariga kela olishdi va qolgan daqiqalarda uchta gol urib irodali g'alabaga erishishdi.
Etiborli tomoni, mersisaydliklar tarkibida ikkinchi golni anchadan beri gol ura olmay kelayotgan Muhammad Salah kiritdi. Bu misrlikning "Liverpul" tarkibidagi 50-goli bo'ldi.
SHu tariqa, Klopp shogirdlari 82 ochko bilan yana peshqadam bo'lib olishdi. Ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti"da esa 80 ochko bor, ammo Gvardiola shogirdlarining zaxirasida bitta o'yin bor.
APL
33-tur, 05.04.2019
"Sent-Meris" stadioni
"Sautgempton" - "Liverpul" 1:3
Bosh hakam: Pol Tirney
Gollar: SH.Long 9 - N.Keyta 36, M.Salah 80, J.Xenderson 86
"Sautgempton": Gann, Valeri, Bednarek, Bertran, Vestergor (Ostin, 83), Uord-Prouz, Romeu (Armstrong, 83), Redmond, Xeyberg, Yoshida, Long (Sims, 62).
"Liverpul": Alisson, Matip, Robertson, van Deyk, Aleksander-Arnold (Xenderson, 59), Keyta (Lovren, 88), Fabino, Veynaldum (Milner, 59), Mane, Firmino, Salah.
Ogohlantirishlar: Bednarek (48), Bertran (75), Salah (81), Robertson (89), Xenderson (90), Mane (90).
Fikrlar