06 jan 07:26
Yangiliklar
![](/upload/storage/26110_220.jpg)
“Liverpul” va “MYU” o'z o'yida qiyinchilik bilan g'alaba qozondi
Hamshahri “Everton” bilan kuch sinashgan "Liverpul" Milnerning golidan keyin hisobda oldinga chiqib olsada, 67-daqiqada Sigurdson muvozanatni tikladi. O'yin tugashiga 6 daqiqa qolganida van Deyk debyut o'yinidayoq jamoasiga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi – 2:1.
“MYU” futbolchilari esa ikkinchi bo'lim oxirlarida ketma-ket ikkita gol kiritib “Derbi Kaunti”ni mag'lub etishdi. Bu bilan Angliyaning ikki grand jamoasi turnirda o'zi yurishini 1/16 final bosqichida davom ettiradigan bo'ldi.
Angliya Kubogi. 3-bosqich
Liverpul – Everton 2:1
Gollar: 1:0 – 35, penalti Milner, 1:1 – 67 Sigurdsson, 2:1 – 84 van Deyk.
Liverpul – Karius, Matip, Robertson, Gomes (Solanke, 77), van Deyk, Oksleyd-CHemberlen, Jan, Mane, Lallana (Veynaldum, 70), Firmino, Milner (Aleksander-Arnold, 77).
Everton – Pikford, Xolgeyt, Martina, Kenni, Jagelka, Makkarti (Devis, 86), SHnayderlin, Sigurdsson, Bolazi, Kelvert-Lyuin (Nyasse, 82), Runi (Lukman, 52).
Ogohlatirishlar: Runi (7), Makkarti (60), Solanke (89).
Manchester Yunayted – Derbi Kaunti 2:0
Gollar:1:0 – 84 Lingard., 2:0 – 90 Lukaku
Manchester Yunayted – Romero, Smolling, SHou, Lindelef, Blind, Errera, Pogba, Lingard, Mata (Marsyal, 67), Mxitaryan (Lukaku, 46), Reshford (Fellayni, 80).
Derbi Kaunti – Karson, Kio, Olsson, Uizdom, Pirs, Lourens (Bennett, 81), Xaddlstoun, Vaymann, Torn, Rassell (Xenson, 78), Uinnall (Vydra, 67).
Fikrlar