23 okt 14:37
Yangiliklar
"Liverpul" yangi mavsumdan Adidas bilan hamkorlikni boshlaydi
"Liverpul" klubi Adidas kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi. Nemis kompaniyasi 2025-2026 yildan boshlab ingliz klubining texnik hamkoriga aylanadi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda. Klub va kompaniya tahminan yiliga 60 mln funtlik bitim imzolashadi.
"Liverpul"ning rejasiga ko'ra bu bitim "Arsenal", "Manchester Siti", "CHelsi" kabi klublariga bu jabhada tenglashib olishga yordam beradi. Yuqorida sanalgan klublar Adidas, Puma va Nike kompaniyalari bilan 60-65 mln funtlik shartnomaga ega.
Ayni damda "Liverpul" klubining texnik hamkori Nike hisoblanadi. Kelishuv shu mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. "Liverpul" Nike bilan hamkorlikdan yiliga 30 mln funt va klub liboslari sotuvlardan tushgan pulning 20 foiz miqdorida daromad ko'rmoqda.
Fikrlar