02 fev 09:14
Yangiliklar
Futbol

"Liverpul" yaponiyalik futbolchisini ijaraga berib yubordi
"Liverpul" yarim himoyachisi Takumi Minamino mavsumning qolgan qismini ijara asosida "Sautgempton"da o'tkazadi.
Ijarada xarid qilish huquqi ko'zda tutilmagan.
Transfermarkt Takumini 10 mln evroga baholagan. Minamino joriy mavsum "Liverpul" tarkibida barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Yaponiyalik futbolchi "Liverpul"ga 2020 yilning yanvarida "RB Zalcburg"dan o'tgan edi. U bu vaqt davomida mersisaydliklar tarkibida 31ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : twitter.com/SouthamptonFC
Fikrlar