28 apr 16:41
Yangiliklar
Futbol
"Liverpul" Yurgen Klopp bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolamoqchi
"Liverpul" jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Klub 54 yoshli nemis mutaxassisi bilan yangi bitim tuzmoqchi va yaqin vaqtlarda muzokaralarni boshlamoqchi.
Oldinroq, Kloppning o'zi bir necha bor hozirgi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi so'nggida yakunlanganidan so'ng "Liverpul"dan ketishi mumkinligini aytgandi.
Eslatib o'tamiz, mutaxassis jamoada 2015 yilning oktyabridan beri ishlaydi.
Havola :
Manba : thetimes.co.uk
Fikrlar