17 iyu 17:50
Yangiliklar
Futbol

"Liverpul"da Veynaldumning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan futbolchi malum qilindi
"Liverpul" "Xoffenxaym" yarim himoyachisi Kristof Baumgartnerga qiziqmoqda.
Mersisaydliklar 21 yoshli avstriyalik futbolchini erkin agent maqomida PSJga o'tgan Jorjino Veynaldumning o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda.
Baumgartner 2020/21 yilgi mavsum "Xoffenxaym" tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 7ta assist qayd etishga erishdi.
Transfermarkt futbolchini 22 million evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : Liverpool Echo
Fikrlar