18 mar 09:04
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/30474_220.jpg)
“Liverpul”yirik hisobda g'alaba qozondi, Salah “poker”ga erishdi
APL 31-turidan o'rin olgan “Liverpul”- “Uotford” uchrashuvida mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz beshta to'p kiritishdi.
Mersisaydliklarning hujumkor yarim himoyachisi Muhammad Salah to'rt bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, Angliyada ilk marta “poker” qayd etdi. Yana bir to'p braziliyalik Firmino hisobiga yozildi.
Ushbu g'alabadan keyin "Liverpul" ochkolari sonini 63 taga etkazdi va turnir jadvalining 4-pog'onasida bormoqda.
Havola :
Fikrlar