19 jan 11:44
Yangiliklar
Futbol
"Lokomotiv" "Rubin" bilan o'ynaydi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida olib borayotgan "Lokomotiv" bugun ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
"Temiryo'lchilar"ning navbatdagi raqibi Rossiya Premer-ligasi vakili Qozonning "Rubin" klubi bo'ladi.
Qozon
shaxri sharafini himoya qiladigan "Rubin" klubi 1959 yil tashkil topgan.
2017/18 mavsumda Qurbon Berdiev shogirdlari 20 uchrashuvdan so'ng 23 ochko
jamg'argan holda 11 o'rinni egallab turibdi. 2008 va 2009 yillarda ushbu
jamoa Rossiya chempioni bo'lgan.
Havola :
Manba : lokomotiv.uz
Fikrlar