23 noy 07:03
Yangiliklar
Futbol

“Lokomotiv” safarda qiyinchilik bilan g'alaba qozondi
Rossiya Premer ligasining 17-turida “Tambov” o'z uyida “Lokomotiv”ga mag'lub bo'ldi.
Saranskdagi “Mordoviya Arena” stadionida kechgan bellashuvda muxlislar beshta golga guvoh bo'lishdi. Dastlab mehmonlar ikkita to'p farqi bilan oldinga chiqib olishsada, maydon egalari osonlikcha taslim bo'lishni istashmadi va ikki gol bilan javob berishning uddasidan chiqishdi.
Ammo, 55-daqiqada Krixovyak o'zining ikkinchi, jamoasining uchinchi golini “Tambov” darvozasiga yo'llab, “Lokomotiv”ning safardan uch ochko bilan qaytishini taminladi - 2:3.
Havola :
Fikrlar