03 noy 18:45
Yangiliklar

“Lokomotiv”da g'alaba, “Bunyodkor”da durang, “Paxtakor”dan 5ta gol
CHempionlik uchun tobora yaqin kelayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi Navoiyda “Qizilqum” mehmoni bo'ldi. O'yinning 50-daqiqasida Marat Bikmaevning penaltidan kiritgan yagona goli “temiryo'lchilar”ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
“Lokomotiv”ni taqib etayotgan “Bunyodkor” jamoasi esa qimmatli 2 ochko yo'qotdi. “Qaldirg'ochlar” “Andijon” maydonida nursiz durangga imzo chekishdi. O'yinda hisob ochilmadi. Amaldagi chempion “Paxtakor” o'z maydonida G'uzorning “SHo'rtan” jamoasidan 5:2 hisobida ustun keldi.
“Qizilqum” (Navoiy) – “Lokomotiv” (Toshkent) 0:1
Gol: Marat Bikmaev 50, penalti - 0:1
“Andijon” (Andijon) – “Bunyodkor” (Toshkent) 0:0
“Paxtakor” (Toshkent) – “SHo'rtan” (G'uzor) 5:2
Gollar: Zafar Polvonov 24, - 0:1. Jamshid Iskanderov 25, - 1:1, Jasur Hakimov 51, - 2:1, Javohir Sohibov 54, - 3:1, Sunnatilla Mamadaliev 65, - 3:2, Andrey Sidorov 78, - 4:2. Andrey Sidorov 87, - 5:2
Fikrlar