18 iyu 07:01
Yangiliklar
Futbol

"Lokomotiv"ni yirik hisobda yutgan "Zenit" Rossiya Superkubogi sohibiga aylandi
Sankt-Peterburgning "Zenit" hamda Moskvaning "Lokomotiv" klublari Rossiya Superkubogi uchun maydonga chiqishdi.
Uchrashuvda "Zenit" yirik hisobda g'alaba qozondi. 25-daqiqada Daler Kuzyaev hisobni ochdi. 57 va 83-daqiqalarda esa Sardor Azmun va Aleksandr Eroxinlar bittadan gol kiritib, "Zenit"ning yirik hisobdagi g'alabasini taminlashdi.
SHu tariqa, "Zenit" klubi Rossiya Superkubogini qo'lga kiritib, yangi mavsumni sovrin yutish bilan boshladi.
"Zenit" - "Lokomotiv" 3:0 (1:0)
Gollar: Daler Kuzyaev, Sardor Azmun, Aleksandr Eroxin
Havola :
O’xshash yangiliklar
14:31
Abbosbek Fayzullaev o'zaro o'yinda O'zbekiston Rossiyani mag'lub etadimi degan savolga javob berdi 0
Fikrlar