So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

20 iyu 12:58
Yangiliklar

Engil atletika, Boshqalar

London-2017 Para-atletika JCHda O'zbekiston delegaciyasining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda

Teglar :  Paralimpiya
Londonda bo'lib o'tayotgan paralimpiyachilar o'rtasidagi jahon chempionatida vakillarimiz yana sovrindorlar orasidan joy oldilar.


Londonda bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida hamyurtlarimiz yana 2ta medalni qo'lga kiritdilar. Ulardan erkaklar o'rtasida engil atletikaning nayza otish turi bo'yicha ishtirok etgan xamyurtimiz Aleksandr Svechnikov 71.01m natijasi bilan navbatdagi oltin medalni qo'lga kiritdi va jahon rekordini yangiladi. 2-o'rinni eronlik sportchi Nikarast Najat 61.88m natija bilan egallagan bo'lsa, 3-o'rin 61.53m natija bilan ispaniyalik Kabrera Leserga nasib etdi.

Ayollar o'rtasida kechgan bahsda esa hamyurtimiz Nozima Qayumova 41.25m. natijasi bilan xitoylik raqibi Zao Yupingga (42.72m.) boy berdi. Yakunda u ikkinchi o'rinni egallab, kumush medali sohibasiga aylandi. 3-o'rin esa avstriyalik sportchi Eder Nataliyaga (38.37m.) nasib etdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur chempionat 10 kun davom etadi va 1050ta sportchilar 213ta medalli o'rinlar uchun kuch sinashadilar. SHular orasida paralimpiya sportchimiz Xusnuddin Norbekov 15 iyul kuni 54.73 natija bilan birinchi o'rinni egallab, ikkinchi marotaba Jaxon chempioni unvonini qo'lga kiritgan edi. Ikkinchi oltin medalni esa Doniyor Saliev uzunlikka sakrash bo'yicha 7.18m. natijasi bilan qo'lga kiritgan edi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing